TAKALLUFLAR TARG'IBOTCHISI

Deyl Brekenrij Karnegey (1922 yildan keyin Karnegi deb o'zgartirilgan) - amerikalik pedagog, yozuvchi. U o'z zamonasining ruhshunoslari ilmiy tajribalarini amaliy jihatdan o'rganib, o'zaro munosabatlar nazariyasini yaratgan, ixtilofsiz va muvaffaqiyatli muomala san'atini ishlab chiqqan. O'z-o'zini kamolga yetkazish bilan bog'liq kurslar ochib, shaxsiy munosabatlarni shakllantirish, so'zga chiqish va boshqa mavzularda maxsus tizim yaratgan. Karnegining kitoblari hozirgi kunga qadar ommabop sanaladi.
Deyl Karnegi 1888 yilning 24 noyabrida Missuri shtatida tug'ilgal. U Jeyms Uilyam Karnegey va Amanda Elizabet Xarbisonning ikkinchi o'g'li edi. Oila nochorlikda kun kechirardi. Fermer ota ichmas, chekmas, ertalabdan kechgacha tinim bilmay ishlardi. Shunga qaramay, nuqul ziyon ko'rardi. U talab bo'lmagan chorva mollarini ko'paytirishni o'ylar, ekin maydonida esa narxi tushgan boshoqli o'simliklarni yetishtirish bilan ovora edi. Oila ba'zida yiliga yigirma dollar atrofida daromad ko'rardi, xolos.
O'smir yoshida Deyl sigirlarni sog'ish uchun tonggi soat to'rtda uyg'onishga majbur edi. Shunga qaramay, u Uorensburgdagi pedagogik kollejga o'qishga kirib, yaxshigina ma'lumot oldi. O'shandayoq notiqlik san'ati bilan qiziqib, munozara-tortishuvlarda faol qatnashardi. O'qituvchilar Deylning chiqishimli ekanligini ilg'agan edilar. Deyl kollejda o'qir ekan, ularning oilasi yotoqxona uchun pul to'lashga qurbi yetmas, shu bois yigit har kuni otda olti mil yo'l bosib, ushbu ilm dargoxiga qatnar edi (Geografik mil - 7420 metr). Qolaversa, Deyl fermadagi turli-tuman ishlardan bo'shagan paytidagina mashg'ulotlarga qatnardi. Shu bois kollejdagi ko'plab tadbirlarda ishtirok eta olmas, bunga vaqti ham, tuzukroq ust-boshi ham yo'q edi: uning bitta-yu bitta odmiroq kostyumi bor edi, xolos.
1908 yilda yigirma yoshga to'lgan Deyl doimiy ravishda och-nahor yurardi.
Tahsildan keyingi ilk faoliyati rancho egalariga sirtdan dars berish bo'ldi. Nebraskada hujjat tashuvchi, chopar bo'lib, keyin esa Nyu-Yorkda aktyor sifatida ishlay boshladi va notiqlik san'ati bo'yicha saboq olishga bel bog'ladi. Mashg'ulotlar muvaffaqiyatli o'tib, u shaxsiy amaliyot sari qadam tashlashga qaror qildi. Deyl futbol jamoasidan joy olishga harakat qildi, biroq vazni yengilligi sababli trener uni qabul qilmadi. Bolaning ko'ngli o'ksib, o'ziga nisbatan norasolik tushunchasi shakllanishi mumkin edi. Onasi buni to'g'ri anglab unga mubohasa to'garagiga borishni maslahat berdi. Bir necha martalik urinishdan so'ng Deyl mazkur to'garakka qabul qilindi.
To'garakdagi chiqishlar haqiqatan ham Deylning o'z kuchiga ishonch, notiqlik borasida muayyan amaliyot paydo qildi va muvaffaqiyatga erisha boshladi. Bir yil ichida Deyl notiqlik bo'yicha o'tkazilgan tanlovlarda yuqori o'rinlarga sazovor bo'ldi. U muntazam ravishda munosabatlar ko'nikmasining ulkan ta'lim tizimini shakllantirib bordi. Mazkur tizim shu qadar o'ziga xos ediki, Karnegi mualliflik huquqini ham rasmiylashtirishga qaror qildi. Ish jarayonda u Louel Tomas bilan hamkorlik qildi va 1934 yilda ularning "Taniqli kishilar hayotidan uncha ma'lum bo'lmagan sahifalar" nomli kitobi nashr etildi. O'qitish, ma'ruzalar va publitsistika Karnegini tanitibgina qolmay, odamlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning o'ziga xos tizimini takomillashtirishiga ham sababchn bo'ldi. Karnegi astoydil izlanish olib borib, bir nechta risola chop ettirdi, uning asarlari tinglovchilar tomonidan tashnalik bilan o'qila boshlandi. Tashkil etgan kursi esa yanada ommalashib, bir darsi uchun odatdagi ikki dollar urniga unga o'ttiz dollardan to'lanardi. Yosh murabbiyning muvaffaqiyati haqida eshitgan boshqa professional klublar Karnegiga iltimosnomalar bilan murojaat eta boshladilar.
1933 yilda "Saymon end Shuster" nashriyoti boshqaruvchisi Leon Shimkin Deyl Karnegini Larchmontdagi mualliflik kursida tinglovchi sifatida ishtirok etdi. By saboq Shimkinda katta taasso'rot qoldirdi. U Karnegiga tinglovchilarga bergan manbalarini kitob shaqlida chiqarishni maslahat berdi. "Do'st orttirish va odamlarga ta'sir o'tkazish haqida" kitobi shu tariqa dunyo yuzini ko'rdi. Bir yil mobaynida mazkur kitob million nusxada sotildi (keyinchalik - muallif hayotlik chog'idayoq Amerikaning o'zida besh million nusxada sotildi). 1948 yilda Deyl Karnegining "Bezovtalikdan xalos bo'lish va yangi hayot boshlash sirlari" nomli kitobi nashrdan chiqdi. "O'z-o'ziga ishonch xosil qilish va omma oldida so'zlash san'ati" ham qo'lma-qo'l bo'lib ketdi. Darvoqe, Deyl Brekenrij 1922 yildan etiboran familiyasini Karnegeydan Karnegi deb o'egartirgan. Aftidan, u mashxur Endryu Karnegining shon-shuxratidan foydalanishni ko'zlagan.
Karnegi endi Nyu-Yorkda o'zining uy-joyiga ega, obro'-martabasi ziyoda edi. U yaratgan institutning dovrug'i tobora keng yoyilardi. Bu paytga qadar Karnegi noqulay ahvolga tushgan edi. Pedagogik faoliyatida namuna bo'lish uchun u uylanishga qaror qildi...
Lolita Boker o'zining graf sulolasidan ekanligini bot-bot ta'kidlardi. Uning nikox marosimidan keyingi so'zlari shunday bo'ldi: "darvozabonga choychaqa berdingmi?"
U erining oddiy xalqqa mansubligidan junbishga kelar, uyda doimiy ravishda g'avg'o ko'tarardi. Ayni shu paytlarda Karnegi "baxtli turmush uchun yetti qoida" aks etgan kitobini yoza boshladi. Oradan o'n yil o'tib, kitob tayyor bo'ldi, muallifning sabr-toqati esa tugagan edi.
Maxfiy ravishda ajralishga to'g'ri keldi. Qulyozma "Do'st orttirish va odamlarga ta'sir o'tkazish haqida" deb nomlangandn. Muallifning o'z oilasidan ajralganligi hakidagi matbuotda beriladigan xabar esa kitob adadiga nuqta qo'yishi mumkin edi.
Mamlakat iqtisodiy tanazzulni boshdan kechirar, zudlik bilan hammabop omad formulasiga muhtojlik sezilardi. Ishsizlar soni uch milliongacha oshib ketdi.
Karnegi kitobi uchun o'zaro kelishuv asosidagi sotuvdan beriladigan 25 foizli to'lov, ya'ni yuz ellik ming dollarni qo'lga kiritdi. O'sha paytda bu pulga Nyu-Yorkdan o'ntalab uy olish mumkin edi. Mazkur kitob unta milliy bestseller ro'yhatiga kiritilib, hozirgi kungacha mavqeini yo'qotmagan. Deyl Karnegi kechki maktab muallimidan yiliga bir necha million dollar olib keladigan tizim egasiga aylangan edi.
O'tgan asrning qirqinchi yillari oxirida har bir shtatda Karnegi institutining filiali ish olib borgan. Menejerlar, kotibalar, uy bekalari na advokatlar o'z yaqinlari bilan munosabat ko'nikmasini amalda qo'llashardi. Karnegi ta'limi har bir sohada asqotardi. Uning dovrug'i doston bo'ldi. Kitoblari qayta-qayta nashr etilardi. Deyl Karnegi "Jiggs na Meggi jamiyatda" filmida rol ham uynab, o'zini ijro etdi.
Keyinchalik Karnegi ishdan deyarli uzoqlashdi. U mutolaa bilan mashg'ul bo'lar, musaffo havodan to'yib-to'yib nafas olar, zavq-shavq ila gullar ekar va bolalar bilan uynar edi. Baxtli tasodif tufayli omadli kechgan ikkinchi nikoxidan benixoya roxatlanardi. Uning ikkinchi rafiqasi sobiq tinglovchilaridan biri edi.
Deyl Karnegi 1955 yil 1 noyabrda xojkin kasali tufayli vafot etdi. Uning vafoti deyarli bilinmadi. Hech kim Deyl Karnegining muayyan shaxs ekanligi xaqida o'ylab ko'rmasdi. Ko'pchilikning fikricha, bu nom ostida o'z kasbining ustasi bo'lgan ruhshunoslar, menejer va faylasuflardan iborat institut bor edi, xolos. Karnegi ishini rafiqasi Doroti davom ettirdi. U mazkur markaz prezidenti va bosh ijrochi direktor sifatida faoliyat olib bordi. Doroti Karnegi rahbarligi ostida kompaniya muvaffaqiyatli ravnaq topib, yetmishga yaqin mamlakatda markazlar ish boshladi va besh million bitiruvchini o'zida qamrab oldi.
Doroti Karnegi erinint o'limidan yigirma ikki yil o'tib, 85 yoshida Nyu-Yorkda vafot etdi.
Deyl Karnegi ta'limi bo'yicha, yomon odamlar yo'q, balki ko'ngilsiz vaziyatlar bo'lib, unga qarshi kurashish kerak. Buning uchun esa aslo siqilmaslik, kayfiyatni buzmaslik lozim. U o'z tinglovchilarini tabassum qilish, suhbatdoshni diqqat bilan tingla, qiziqish uyg'otish va shu kabi juda ko'plab saboqlar berish orqali muvaffaqiyat qozonishga o'rgatdi. Eng muhimi, samimiyat, dilkashlik, o'zgalarni ranjitmaslik, aksincha ular falbini zabt etish kerakligini uqtirdi. Albatta, Karnegi g'oyalarini tanqid qilganlar ham bo'ldi. Ayrim ruhshunoslar uni yolg'on, hiyla-nayrang aralash takalluflar targ'ibotchisi sifatida tilga olishgan. Shaxsiy manfaat uchun har tusga kirish insonning o'zligini yo'kotadi, deb hisoblashgan. Ammo, ko'pchilikning fikricha, har qanday nozik masalalarda ham Karnegi tamoyillari ustun keladi va u "1-raqamli ruhshunos" sifatida qoladi.

Fatxulla NAMOZOV